So’nggi yangiliklar

15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

18 sen 13:33
Yangiliklar

Tokio-2020

Paralimpiya. 32 nafar sportchimiz 31ta medalni qo'lga kiritdi

O'zbekiston sportchilari uchun XV Paralimpiya o'yinlari yakunlandi.

To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida 5ta sport turida 32 nafar sportchi bilan ishtirok etgan paralimpiyachilarimiz yakundan tarixiy natijani qayd etishdi. 

Ana shu 32 nafar sportchimiz musobaqada jami 31ta medalni qo'lga kiritishdi. Medallardan 8tasining oltin ekanligi har birimizga faxru iftixor baxsh etadi. SHuningdek, terma jamoamiz hisobida yana 6ta kumush hamda 17ta bronza medali ham bor.


Ushbu natija evaziga O'zbekiston terma jamoasi Osiyo qitasida umumjamoa hisobida o'zi uchun birinchi o'rinni naqd qilgan Xitoydan so'ng ikkinchi pog'onani band etdi. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari orasida esa Ukrainadan so'ng ikkinchi o'rinni egalladik. Ukraina umumjamoa hisobida kuchli uchlikni yakunlab turgani diqqatga sazovor.  

Terma jamoamizga eng ko'p oltin medallarni dzyudochilarimiz taqdim etishdi. O'z vazn toifalarida SHerzod Namozov, O'tkirjon Nig'matov, Odil Tulendiboev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.

Bundan tashqari, disk uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov, nayza uloqtirishda Aleksandr Svechnikov hamda Nozimaxon Qayumova, suzish musobaqasida Fotimaxon Amilova va Firdavsbek Musabekovlar ham oltin medal bilan taqdirlanishdi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing