So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

19 sen 07:13
Yangiliklar

Tokio-2020

Paralimpiya o'yinlari yakunlandi, 31ta medal bilan 16-o'rinni egalladik!

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilgan Paralimpiya o'yinlari o'z yakuniga etdi.

To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida 5ta sport turida 32 nafar sportchi bilan ishtirok etgan paralimpiyachilarimiz yakunda tarixiy natijani qayd etishdi. Ana shu 32 nafar sportchimiz musobaqada jami 31ta medalni qo'lga kiritdi.

Medallardan 8tasining oltin ekanligi har birimizga faxru iftixor baxsh etadi. SHuningdek, terma jamoamiz hisobida yana 6ta kumush hamda 17ta bronza medali ham bor. Yakunda 16-o'rinni egalladik.

Ushbu natija evaziga O'zbekiston terma jamoasi Osiyo qitasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan Xitoydan so'ng ikkinchi pog'onani band etdi. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari orasida esa Ukrainadan so'ng ikkinchi o'rinni egalladik. Ukraina umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi.

Terma jamoamizga eng ko'p oltin medallarni dzyudochilarimiz taqdim etishdi. O'z vazn toifalarida SHerzod Namozov, O'tkirjon Nig'matov, Odil Tulendiboev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.

Bundan tashqari, disk uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov, nayza uloqtirishda Aleksandr Svechnikov hamda Nozimaxon Qayumova, suzish musobaqasida Fotimaxon Amilova va Firdavsbek Musabekovlar ham oltin medal bilan taqdirlanishdi.

Bizdan avvalgi o'rinni egallagan Eron va Kanada terma jamoalari hisobida ham 8tadan oltin medal bor. Bir yuz ettita oltin, 81ta kumush, 51ta bronza, jami 239ta medal jamg'argan Xitoy terma jamoasi katta farq bilan birinchi o'rinni egalladi.

Ikkinchi pog'onani band etgan Buyuk Britaniya Paralimpiya terma jamoasi hisobida jami 147ta medal bor. SHulardan 64tasi oltin, 39tasi kumush, 44tasi bronza medalidir. Kuchli uchlikka Ukraina terma jamoasi 41ta oltin, 37ta kumush, 39ta bronza medali bilan yakun yasagan.

Jami 63ta davlat terma jamoalari kamida bitta oltin medalni qo'lga kiritishdi. Etmish ikkita terma jamoa kamida bittadan kumush medalga ega bo'ldi. Sakson uchta terma jamoa esa kamida bittadan bronza medaliga ega chiqdi. 


Reyting:    

Fikrlar

   
19 sen 08:44:54
Is Moi LoVe
Adminlar biz Osiyoda 3-o'rinni oldik 2-o'rinnimas. Eron umumiy 15-o'rin, Osiyoda 2-o'rinni oldi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing