11 sen 01:55
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Paralimpiya. Tulendiboev terma jamoamizga to'rtinchi oltinni taqdim etdi
Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan Paralimpiya o'yinlarining uchinchi kunida ham sportchilarimiz shoda medallarga egalik qilishdi.
Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochimiz Odiljon Tulendiboev +100 kg vazn toifasidagi bahslarda barcha raqiblaridan ustun ekanligini isbotlab, Paralimpiya o'yinlari chempioniga aylandi.
Odilbek avvaliga AQSH vakili Benjamin Gudrichni ippon bahosi bilan mag'lub etdi. Keyin ozarbayjonlik Ilhom Zakievdan ustun keldi. Yarim final bellashuvida dzyudo vatani hisoblangan Yaponiya polvoni Kento Masakini taslim etdi.
Paralimpiya o'yinlarining oltin medali uchun kechgan bahsda esa g'oliblikka asosiy davogar dzyudochi braziliyalik Araujo Da Silvani mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Tulendiboev terma jamoamizga to'rtinchi oltin medalni taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar