So’nggi yangiliklar

11:48Қирғизистон футзал бўйича Осиё Кубогига мезбонлик қилади 0 11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0 10:28Халқаро велоспорт федерацияси президенти Давид Лаппартьян Тошкентга келди 0 09:50Хамзат Чимаев: «Уларнинг барчасини синдирмагунимча кетмайман» 0 09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан мағлуб бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0 16:30Гандбол. Осиё чемпионатида Қозоғистонга мағлуб бўлдик 0 15:45Даниэль Дюбуа WBO титулини кимдан ҳимоя қилиши маълум бўлди 0

20 sen 14:39
Yangiliklar

Tokio-2020

Paralimpiyachilarimiz ertaga tongda Toshkentga qaytishadi

Ertaga O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridan Toshkentga qaytib keladi.

Paralimpiyachilarimiz joy olgan samolyot ertaga soat 06.15da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'nadi. Paralimpiya terma jamoamiz ham xuddi Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarimiz singari katta tantana bilan kutib olinadi.

Eslatib o'tamiz, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida 5ta sport turida 32 nafar sportchi bilan ishtirok etgan paralimpiyachilarimiz yakunda tarixiy natijani qayd etishgandi. Ana shu 32 nafar sportchimiz musobaqada jami 31ta medalni qo'lga kiritgan edi.

Medallardan 8tasining oltin ekanligi har birimizga faxru iftixor baxsh etadi. SHuningdek, terma jamoamiz hisobida yana 6ta kumush hamda 17ta bronza medali ham bor. Yakunda paralimpiyachilarimiz 16-o'rinni egallashgandi.

Ushbu natijasi evaziga O'zbekiston terma jamoasi Osiyo qitasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan Xitoydan so'ng ikkinchi pog'onani band etdi. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari orasida esa Ukrainadan so'ng ikkinchi o'rinni egalladik. Ukraina umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi.

Terma jamoamizga eng ko'p oltin medallarni dzyudochilarimiz taqdim etishdi. O'z vazn toifalarida SHerzod Namozov, O'tkirjon Nig'matov, Odil Tulendiboev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.

Bundan tashqari, disk uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov, nayza uloqtirishda Aleksandr Svechnikov hamda Nozimaxon Qayumova, suzish musobaqasida Fotimaxon Amilova va Firdavsbek Musabekovlar ham oltin medal bilan taqdirlanishdi.

Bizdan avvalgi o'rinni egallagan Eron va Kanada terma jamoalari hisobida ham 8tadan oltin medal bor. Bir yuz ettita oltin, 81ta kumush, 51ta bronza, jami 239ta medal jamg'argan Xitoy terma jamoasi katta farq bilan birinchi o'rinni egalladi.

Ikkinchi pog'onani band etgan Buyuk Britaniya Paralimpiya terma jamoasi hisobida jami 147ta medal bor. SHulardan 64tasi oltin, 39tasi kumush, 44tasi bronza medalidir. Kuchli uchlikka Ukraina terma jamoasi 41ta oltin, 37ta kumush, 39ta bronza medali bilan yakun yasagan.

Jami 63ta davlat terma jamoalari kamida bitta oltin medalni qo'lga kiritishdi. Etmish ikkita terma jamoa kamida bittadan kumush medalga ega bo'ldi. Sakson uchta terma jamoa esa kamida bittadan bronza medaliga ega chiqdi.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing