So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

21 sen 07:50
Yangiliklar

Tokio-2020

Paralimpiyachilarimizni Olimpiyachilarimiz ham kutib olishdi

Bundan bir necha daqiqa avval Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasini tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.

Paralimpiyachilarimiz joy olgan samolyot tonggi soat 06.15da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi. Paralimpiya terma jamoamiz ham xuddi Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarimiz singari katta tantana bilan kutib olindi.

Etiborlisi, tantanali marosimda aynan Rioda o'tgan Olimpiya o'yinlarida sovrindor bo'lgan sportchilarimiz ham hozir bo'lishdi. Ular orasida Ruslan Nuriddinov, bokschilarimiz Hasanboy Do'smatov, Murodjon Ahmadaliev, SHahram G'iyosov, Rustam To'laganov, kurashchimiz Ixtiyor Navro'zov va boshqa chempion va sovrindorlarni ko'rishimiz mumkin edi.  


SHuningdek, kutib olish marosimiga sanat olami vakillari ham tashrif buyurishdi. Sport va sanat uyg'unligini shundan ham ko'rish mumkin. 

Eslatib o'tamiz, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida 5ta sport turida 32 nafar sportchi bilan ishtirok etgan paralimpiyachilarimiz yakunda tarixiy natijani qayd etishgandi. Ana shu 32 nafar sportchimiz musobaqada jami 31ta medalni qo'lga kiritgan edi.

Medallardan 8tasining oltin ekanligi har birimizga faxru iftixor baxsh etadi. SHuningdek, terma jamoamiz hisobida yana 6ta kumush hamda 17ta bronza medali ham bor. Yakunda paralimpiyachilarimiz 16-o'rinni egallashgandi.

Ushbu natijasi evaziga O'zbekiston terma jamoasi Osiyo qitasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan Xitoydan so'ng ikkinchi pog'onani band etdi. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari orasida esa Ukrainadan so'ng ikkinchi o'rinni egalladik. Ukraina umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing