So’nggi yangiliklar

09:49Кюрасао дарвозабони 60 йиллик рекордни янгилади 0 09:18Uzbekistan Team Жамоавий блиц жаҳон чемпионатида 1/4 финалга чиқди 0 08:44Камару Усман октагонга қайтяпти. У собиқ чемпионга қарши жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 08:09UFC Vegas 119: Рамазон Темиров вазнидаги даъвогарлик жанги муддатидан аввал якунланди 0 07:33ЖЧ-2026. Кюрасао тарихий очкосини қўлга киритди 0 21:27Ўзбекистон 7 нафар боксчи билан Жаҳон кубоги финалига етиб келди 0 18:25Ислам Махачев: "Эверестга чиқиш? У ерда намоз ўқишнинг имкони борми?" 0 17:53Царукян Адесаньяга "ответ" қилди: "Ичкиликдан кўра стрим қилиш яхшироқ" 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев: "Яна катта жанг таклиф қилишди, мен эса..." 0 16:56Мбаппе шарафига номланган тилла балиқ ЖЧнинг 10 та ўйини ғолибини топди 0 16:24Разамбек Жамаловнинг RAF Лигасидаги илк рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 15:50Мейвезер - Замбидис жанги барбод бўлиш хавфи остида қолди 0 15:19Махачевдан умид қилган Пратес кейинги жанг учун шартнома олди 0 14:48Монтелла Туркиянинг ЖЧ-2026`дан чиқиб кетгани ҳақида: "Мамлакатнинг умидлари катта эди – афсусдаман" 0 14:22Руслан Чагаев Ўзбекистон терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги дебютига муносабат билдирди 0

28 noy 07:28
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik bugundan boshlanadi

Teglar :  OlimpiadaMOQ
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Olimpiya sport turlari bo'yicha yurtimizda faoliyat olib borayotgan sport federaciya (associaciya)lari bilan kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishga jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev raislik qildi. Unda vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, har ikkala tashkilotning masul xodimlari hamda sport tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.

Agar raqamlarga etibor qaratsak, Rio-2016 yozgi Olimpiya o'yinlariga O'zbekiston sport delegaciyasi 70ta yo'llanmani qo'lga kiritgan edi. Kelgusi yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga hozircha sportchilarimiz 41ta (shundan 16tasi paralimpiyachilar) yo'llanmani naqd qilishdi. Lekin, vaziyatga xolis baho bersak, Tokio-2020da ham mamlakatimiz sportchilari tomonidan qo'lga kiritiladigan licenziyalar soni oldingilardan u qadar ko'p bo'lmaydi.

Barcha ko'rsatkichlarda jadal taraqqiy etayotgan Yangi O'zbekiston sport sohasida ham oldinga qadam tashlamoqda. Demakki, olimpiada o'yinlarida ishtirok etadigan atletlarimiz safi ham bosqichma-bosqich ortib borishi kerak. Bugun bo'lib o'tgan yig'ilishda ana shu masalaga alohida etibor qaratildi.

Butun dunyoni larzaga solgan koronavirus pandemiyasi tufayli Tokio olimpiadasi kechiktirildi. Xolbuki, musobaqa o'z vaqtida o'tkazilganida bugun biz XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarini asta-sekin unutib, 2024 yili Franciyaning Parij shahri mezbonlik qiladigan XXXIII yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni boshlab yuborgan bo'lardik.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bo'lib o'tgan yig'ilishda sport federaciyalari oldiga Parij-2024 o'yinlariga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rish, unda licenziyalar va medallar sonini ko'paytirish vazifasi qo'yildi. Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda har bir sport tashkilotining Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik borasidagi rejalari tinglanib, licenziya olish imkoniyatlari, ko'zlangan maqsadni amalga oshirishda to'sqinlik qiladigan muammolarni bartaraf etish kabi masalalar muhokama qilindi. Yig'ilishda so'z olgan MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi prezidenti Azizjon Kamilov federaciya va associaciyalar mutasaddilarining licenziyalarni qo'lga kiritish borasidagi rejalarini keskin tanqid qildi.

Malumki, suv sporti turlari Olimpiya o'yinlarida eng ko'p medallar va licenziyalar o'ynaladigan sport turi hisoblanadi. SHu bois vazirlik va MOQ tomonidan ushbu sport turi bo'yicha Parij olimpiadasiga 35ta yo'llanma qo'lga kiritish vazifa etib belgilangan bo'lsada, federaciya vakili 18ta licenziya olish ko'zlanayotganini malum qildi. Tabiiyki bu javob yig'ilish ishtirokchilarini qoniqtirmadi. SHu bois A.Kamilov nafaqat suv sporti turlari, balki barcha sport turlaridan imkon qadar maksimal yo'llanmalar olishga harakat qilishi kerakligi, buning uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda MOQ barcha sharoitlarni yaratib berishini aytib o'tdi.

SHuningdek, yig'ilishda yana bir qator sport turlarining rejalari ham keskin tanqid qilindi. Tadbir davomida jamoaviy sport turlariga ham alohida to'xtalib o'tildi. Sir emaski, jamoaviy sport turlarida qo'lga kiritilgan medallar jamoa uchun bitta hisoblansada, licenziyalar soni sportchi boshiga hisoblanadi. SHunday ekan Olimpiya o'yinlarida atletlarimiz sonini ko'paytirishda sportning o'yin turlaridan licenziya olish talab qilinadi.

Yig'ilishda mutasaddilar tomonidan selekcion musobaqalarga alohida etibor qaratish orqali mahoratli yoshlarni saralab olish, sportchilarning tibbiy-farmakologik taminotini yaxshilash, federaciyalarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish kabi ustuvor masalalar bo'yicha tegishli ko'rsatma va fikrlar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing