21 may 12:34
Yangiliklar

Parijda Prezident sovrini uchun 30 000 evro mukofot jamg'armasiga ega turnir o'tkaziladi
Musobaqa Evropa kurash konfederaciyasi, Franciya kurash federaciyasi va O'zbekiston kurash federaciyalari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. O'tgan yili Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilgan Parij bu safar kurash yulduzlarini o'z safiga to'playdi.
Har yili ananaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan ushbu ochiq xalqaro turnirda erkaklar -90 kg, +90 kg; ayollar esa -70 kg, +70 kg vazn toifalarida o'zaro bellashadilar. Xalqaro turnir Parij shahrining “Emil Anthoine Stadium” sport majmuasida bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg'armasi 30 000 evroni tashkil qiladi va o'rinlar miqyosida Xalqaro kurash associaciyasi reyting tizimida ball beriladi.
Fikrlar