04 fev 10:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Parker kamarini Fyuridan himoya qiladi, jang sanasi malum
DUCO Events Group promouterlik kompaniyasi professional boksning superog'ir vazn toifasi WBO yo'nalishi chempionlik kamari uchun o'tkaziladigan jang huquqini qo'lga kiritdi.
Kompaniya promouterlar o'rtasidagi ochiq savdoda jang huquqini yutib oldi. Yangi Zelandiya vakili Jozefa Parker (22-0, 18 KO) aynan DUCO Events Group promouterlik kompaniyasi bokschisi hisoblanadi.
Parker o'ziga tegishli bo'lgan WBO chempionlik kamarini ilk bor himoya qiladi. Uning raqibi britaniyalik Xyui Fyuri (20-0, 10 KO) bo'ladi. CHempionlik jangi 1 aprel kuni Yangi Zelandiyadagi gala-shou doirasida bo'lib o'tadi.
CHempionlik jangining sovrin jamg'armasi 3 million AQSH dollari bo'lib, chempion Parker ushbu summaning 60% ($1,8 mln), rasmiy davogar Fyuri esa 40% (1,2 mln) ulushiga ega bo'ladi.
Havola :
Fikrlar