11 dek 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Parker – superog'ir vaznda WBO yo'nalishining yangi chempioni!
Yangi Zelandiya vakili Jozef Parker (22-0, 18 KO) professional boksning superog'ir vazn toifasi WBO yo'nalishining yangi chempioniga aylandi.
Parker o'z vatani Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida o'tkazilgan chempionlik jangida amerikalik Endi Ruisni (29-1, 19 KO) mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi.
Ushbu chempionlik kamari Tayson Fyuriga tegishli bo'lib, britaniyalik bokschi faoliyatini yakunlaganini elon qilganidan so'ng vakant bo'lib qolgandi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang yakunida hakamlardan ikki nafari 115-113 hisobida mezbon bokschining g'alabasini taminladi. Uchinchi hakam esa jang 114-114 hisobida durang natija bilan yakunlanganligini bildirdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar