29 jan 10:41
Yangiliklar

Parker Tayson Fyuri bilan sparring qilishdan bosh tortdi
Britaniyalik bokschi Parkerga birgalikda sparring mashg'ulotlarini o'tkazishni taklif qilgandi. Jozef ayni paytda Entoni Joshuaga qarshi o'tkaziladigan birlashtiruvchi chempionlik jangiga tayyorgarlik ko'ryapti.
“Fyuri - yaxshi inson, lekin unga hurmatimni saqlagan holda shuni aytishim kerakki, uning jang olib borish uslubi menikiga to'g'ri kelmaydi. Men doimiy ravishda hujumga boradigan bokschilar bilan mashg'ulot o'tkazishni afzal bilaman”, - dedi Parker.
Eslatib o'tamiz, WBA, IBO va IBF yo'nalishlari chempioni Entoni
Joshua hamda WBO chempionlik kamari sohibi Jozef Parker o'rtasidagi birlashtiruvchi
chempionlik jangi 31 mart kuni Uels poytazti Kardiff shahridagi “Millenium” stadionida
bo'lib o'tadi.
Fikrlar