02 apr 07:55
Yangiliklar

“Patriot Boxing Team” - “China Dragons”. Mezbonlarda yuz foizlik natija
Guruhimizdagi ikkinchi bahsda rossiyalik bokschilar xitoylik charm qo'lqop ustalariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Bu bilan “Patriot Boxing Team” jamoasi “Uzbek Tigers” bokschilarini taqib etishda davom etadi.
Eslatib o'tamiz, kecha “Uzbek Tigers” jamoasi Toshkentda guruh peshqadami “Astana Arlans” bokschilarini 4:1 hisobida mag'lub etgandi. Qozog'iston jamoasi ilk mag'lubiyatini aynan Toshkentda qabul qilib olgani etiborga molik holat.
Martial Arts Palace, Kazan
- 49 kg. Tamir Galanov - Junjun Xe - 3:0 (50:45, 49:46, 49:46)
- 56kg. Baxtovar Nazirov - Long Vang - 3:0 (49:46, 50:45, 49:46)
- 64 kg. Aleksey Mazur - Kay CHeng Meng - 2:1 (47:48, 49:46, 50:45)
- 75 kg. Petr Xamukov - Ming Jang Jao - 3:0 (50:45, 50:45, 50:45)
- 91 kg. Evgeniy Tishenko - Jin Guo 3:0 - (50:45, 50:45, 49:46)
Fikrlar