So’nggi yangiliklar

23:16IBA Жаҳон чемпионати. Дебютант боксчимиз ғалаба билан бошлади 0 22:19Пеле ва Марадона чемпионликни нишонлаган, томи тўлиқ йиғиладиган, 1,4 млрд долларга тушган лойиҳа: Ўзбекистоннинг тарихий учрашувларига мезбонлик қиладиган 3 стадион 0 21:23IBA Жаҳон чемпионатида иккинчи йўқотиш. Иккита нокдаун қайд этилган жангда мозамбиклик боксчи бизни ранжитди 0 20:42Камилла Раҳимова Ўзбекистон учун илк WTA совринини ютди 0 20:13Бокс бўйича IBA Жаҳон чемпионатида биринчи йўқотиш 0 18:45ЖЧ-2026`даги рақибимиз Колумбия Франция билан ўртоқлик ўйини ўтказади 0 18:24Шаҳобиддин Зоиров ва Мадияр Саидраҳимов рингга чиққадиган IBA.PRO 13 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 18:03"Рейтинглардаги рақамларга тупурдим" Дана Уайт Царукян ҳақида кескин фикр билдирди 0 17:42Жошуа Ван — XXI асрда туғилган илк UFC чемпиони! 0 17:21Салoҳ "Ливерпуль"ни қишда тарк этадими? 0 17:00Пётр Ян — Двалишвилига қарши жангдаги охирги тейкдаун ҳақида: "Бугун шунчаки менинг кечам эди" 0 16:39Бунақаси UFC тарихида учинчи маротаба бўлди 0 16:18Мераб ёки Умар? Ян биринчи ҳимоя жангини кимга қарши ўтказиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 15:57"Челси" Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди 0 15:36Жошуа Ван — UFC тарихидаги иккинчи энг ёш чемпион 0

07 avg 17:35
Yangiliklar

Futbol

"Paxtakor" stadioni yopildi, klub qachon uni tamirdan chiqaradi?

Teglar :  Paxtakor
"Paxtakor" - "Olimpik" jamoalari o'rtasidagi o'yinni tomosha qilish bahonasida, "Paxtakor"ning Qibraydagi bazasiga borganimda qiziq bir voqeaga qulog'im chalindi, shu sababli klubga oid bazi narsalarni yozishga qaror qildim.

Ikkinchi davra "Paxtakor" uchun yaxshi va yomon yangilik bilan boshlandi. Yaxshisi jamoa safi ancha iqtidorli va tajribali futbolchilar bilan to'ldi. Barqaror o'yin etishmaydigan yoshlar bilan to'lgan "Paxtakor" ushbu transferlar orqali yanada kuchayishi aniq. Yomon tomoni tamirtalab stadion PFL va IIB tomonidan Superliga o'yinlarini o'tkazish uchun yaroqsiz deb topildi, 2023 yil esa stadion OCHL talablariga javob bermagani uchun jamoa uy o'yinlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazgandi. 


"So'nggi marta 2008 yil tamirlangan bu arena bugun ayanchli ahvolga kelib ulgurgan. Bu erda muxlislar uchun deyarli sharoit yo'q. Jamoa "Jar" yoki "Bunyodkor" stadionida o'ynasa, Markaziy stadionga nisbatan ancha ko'p muxlis tashrif buyuradi. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, klub muxlislari bu stadionda futbol ko'rishni xush ko'rmaydilar, albatta u yangilanmasa.

2023 yil o'rtalariga kelib "Paxtakor" klubini "AKFA Nolding"ga o'tishi haqidagi xabarlar chiqdi va ko'p o'tmay bu loyiha to'xtatilganligi haqida elon berildi. Sabab sifatida esa omma qarshilik qilgani ko'rsatildi. 

Klub "AKFA Nolding" kompaniyasiga o'tar chog'i, ayrim noto'g'ri talqin qilingan malumotlar asosida bu ishni to'xtatishdi. Agar 2023 yilgi reja o'z kuchida qolganida bugun biz sizlar bilan Qibrayda zamonaviy bazani ochilish marosimi haqida gaplashayotgan bo'lar edik. Birinchi bosqichda Qibraydagi sport majmuamizda asosiy tarkib va yoshlar jamoamiz uchun zamonaviy sharoit, farm klubimiz uchun yotoqxona va 120 nafar tarbiyalanuvchiga mo'ljallangan akademiya barpo etilishi kerak edi. Undan tashqari, Qibraydagi stadion "Jar" stadioniga o'xshatilishi va 2024 yil jamoamiz uy uchrashuvlarini ana shu erda o'tkazib turgan holda "Paxtakor" Markaziy stadionida katta rekonstrukciya ishlari olib borilishi ko'zda tutilgandi. Ko'pchilik o'ylaganidek "Paxtakor" to'liq buzilib, biznes markazlar qurilmas edi. Stadion to'liq kapital tamirdan o'tkazilib, tashqi darvozalarni olib tashlab, aholining sayr qilishi uchun alo holatga keltirilishi lozim edi. Yana bir katta qurilish CHilonzor akademiyasida reja qilingandi. U erda 5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan futbolchilar uchun zamonaviy infratuzilma yaratilishi kerak edi. Hozir bu stadiondagi suniy maydon futbolchilarimizning turli jarohatlariga sabab bo'lyapti. Buni akademiyamizga kelib o'ynaydigan jamoalar ham yaxshi biladilar. Afsus, bitta noto'g'ri axborot mana shunday chiroyli loyihalarga nuqta qo'ydi" - deya fikr bildirdi "Paxtakor" matbuot kotibi Behzod Nazarov.


Bugungi o'zbek futbolida klubini sotib olaman degan hususiy homiyni topish qiyin masala. "Obod" klubidan keyin "Turon" qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirib, yakunda katta arenani tark etishdi. O'zbekistonda futbol klubini sotib olgan kishi faqat "kasal" bo'lishi mumkin, biznes nuqtai nazaridan bu erda daromad qilib bo'lmaydi. Na translyaciya, na futbolchilarning savdosi, na marketing tomondan investorlar uchun bizning klublar qiziqarli loyiha hisoblanmaydi.


Asl egasi Toshkent shahar hokimligi bo'lgan "Paxtakor" uchun poytaxt deyarli mablag' ajratmayotgani haqida malumot mavjud. Jahongir Ortiqxo'jaev allaqachon siyosatdan tashqarida bo'lsa-da, "AKFA" kompaniyasi jamoaga mablag' ajratishda davom etyapti. Pul bo'lmasa klub qanday qilib "Olimpik"ning eng tajribali futbolchilarini xarid qildi? Bu o'yinchilar uchun "Navbahor", "Nasaf" va "Neftchi" kabi jamoalar ham katta qiziqish bildirishdi, ular taklif qilgan mablag' "Paxtakor"nikidan katta edi. Futbolchilar "Paxtakor" jamoasini tanlashganiga asosiy sabab, jamoaning Elit Osiyo CHempionlar ligasida ishtiroki ekanligining ehtimoli yuqori. Bu katta bozor, bu musobaqa birinchi marotaba o'tkaziladi va u qanday bo'lishini birgalikda ko'ramiz. Endi bor diqqat markazimizda ayrim guruhlar emas, balki butun musobaqa turadi. Xabaringiz bor, yangi OCHLda guruh o'yinlari bo'lmaydi, 12 ta jamoa o'zaro 8 ta o'yinda qatnashadi. Eng yomoni "Paxtakor" barcha 8 ta o'yinni safarda o'tkazadi, 4 tasi chet el mamlakatida bo'lsa, 4 tasi Superligadagi raqibining maydoni "Bunyodkor"da.



"Biz har bir uchrashuvda imkon qadar kurashamiz. Ular bizdan kuchli degani, ular osongina g'alaba qozonadi degan emas. Bu futbol va nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Biz o'z mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga intilamiz. To'g'ri, ular bizdan yaxshiroq tarkibga ega, ammo bizda tajribali o'yinchilar etarlicha. Kurashishda davom etamiz. Barchasi sentyabrda boshlanadi. Yakuniy xulosalarni fevral oyida chiqaramiz. Yangi musobaqadagi ishtirokimiz qiziqarli kechishi aniq" - deya fikr bildirgandi "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix Elit Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirok haqida


Qiziq tomoni shundaki, futbol masullari bu masalaga jiddiy etibor qaratmayaptilar. Olimpiadaga chiqishimizda uchta jamoa akademiyasi "Nasaf", "Paxtakor" va "Bunyodkor"ning hissasi juda katta bo'ldi, JCH yo'lida harakat qilayotgan MTJning ham negizi mana shu klublar elkasida. Lekin bugun "Bunyodkor"ning holati ham quvonarli emas, "Paxtakor"da bu ahvol, kichik terma jamoalarda "Nasaf"dan deyarli futbolchi yo'q, bu uch klub hech qachon izdan chiqishi kerak emas, biz hali JCHga chiqmadik, chiqqan taqdirimizda ham bu ananaviy bo'lishi uchun og'riqli nuqtalarimizni tuzatib olishimiz kerak. Olimpiada bilan chalg'ishimiz kerak.


Abdulvosit Bektemirov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing