23 noy 14:48
Yangiliklar
Gandbol
Yosh gandbolchilarimiz Jahon chempionatiga yo'llanma olishdi
Tailandda ganbol bo'yicha IHF Trophy kubogining Osiyo mintaqasidagi bahslari yakunlandi.
Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O'zbekiston U-17 qizlar jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Final bahsida qizlarimiz hindistonlik tengqurlarini 48:47 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
Qayd etish joiz, ushbu g'alaba jamoamizga kelasi yil tashkil etiladigan Jahon chempionati yo'llanmasini ham taqdim etdi.




Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar