23 noy 17:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Tagir Ulanbekov Horiguchiga qarshi mag'lubiyatdan so'ng ilk bor post qoldirdi
Rossiyalik UFC jangchisi Tagir Ulanbekov kecha Qatarning Doha shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 264 musobaqasida yaponiyalik Kyoji Horiguchiga qarshi jangidagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
Tagir bahsda uchinchi raundda bo'g'ish usuli orqali imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
"Haqiqatan ham sinovlar mukofot keltiradi. Haqiqatan ham Alloh taolo bandalarini sevganda, ularni sinovdan o'tkazadi. Men qo'lga kiritgan va meni ajratgan barcha narsalar uchun Xudoga shon-sharaflar bo'lsin", deb yozgan Ulanbekov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Tagir Ulanbekov 34 yoshda. Rossiyalik jangchi UFC'dagi debyutini 2020 yilda o'tkazgan. Uning ushbu Ligada jami oltita g'alabasi va ikkita mag'lubiyati bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar