04 iyu 11:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Xotambek Boynazarovga mag'lub bo'lgan jangchi UFC'ga o'tdi
UAE Warriors Ligasining ozarbayjonlik sobiq chempioni Tagir Abdullaev faoliyatini UFC'da davom ettiradi.
Bu haqda "Vestnik MMA" manbasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tagir Ligadagi debyut jangini 27 iyun kuni o'z yurti Bakuda tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida o'tkazadi. Unga kim raqib bo'lishi hozircha nomalum.
Eslatib o'tamiz, Tagir Abdullaev 2024 yil oktyabr oyida hamyurtimiz Xotambek Boynazarovga mag'lub bo'lib, UAE Warriors Ligasidagi chempionlik kamaridan ayrilgan edi.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar