23 noy 13:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Bilol Muhammad Ian Gerridan uchralgan mag'lubiyati haqida fikr bildirdi
Amerikalik UFC sobiq chempioni Bilol Muhammad Qatarning Doha shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 264 musobaqasidagi mag'lubiyati haqida fikr bildidi.
U kechagi turnir doirasida irlandiyalik Ian Gerriga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
"Biz buni uddalay olmadik. Xotiralar uchun rahmat, Doha. Meni har qanday vaziyatda qo'llab-quvvatlagan jamoam, oilam va do'stlarimga rahmat. Men bilan bo'lgan barchaga rahmat... Hammasi uchun Xudoga shukur, bu erda ekanligimdan baxtiyorman... Qiladigan ishlarimiz etarlicha", deb yozdi Muhammad ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar