23 noy 14:25
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA
Razambek Jamalov Arman Carukyanni g'alaba bilan tabrikladi (FOTO)
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 Olimpiya o'yinlari g'olibi Razambek Jamalov UFC jangchisi Arman Carukyanni yana bir g'alabaga erishganiga munosabat bildirdi.
Razambek Arman bilan birga ekani aks etgan suratlarni o'zining Instagram sahifsiga joylab, uni "Sportcha birodarlik", deya izohlagan.
Arman Carukyan kecha Qatarda o'tkazilgan UFC Fight Night turnirining markaziy jangida yangi zelandiyalik Den Xuker bilan jang qilib, muddatidan avval g'alaba qozondi. Razambek Jamalov ham turnirga tashrif buyurgan edi.



Havola :
Manba : instagram.com/zhamalov_razambek
Fikrlar