09 fev 17:17
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Pekin-2022. 36 yoshli Lindsi Jekobellis AQSHga Olimpiadaning ilk oltin medalini taqdim etdi
Xitoyning uch shahri mezbonligida o'tayotgan XXIV qishki Olimpiya o'yinlarida snoubord (kross) bo'yicha ayollar o'rtasida final bahsi yakunlandi.
Unga ko'ra, AQSHning 36 yoshli vakilasi fantastik o'tgan finalda shov-shuvli tarzda Olimpiada chempioniga aylandi. Franciyalik CHloe Trepesh kumush medalni qo'lga kiritdi va bu medalni Sochi-2014 da ega bo'lgan bronza medaliga qo'shib qo'ydi. Uchinchi o'rin kanadalik Merieta Odenga nasib etdi.
36 yoshli Lindsi Jekobellis uchun Pekindagi O'yinlar faoliyatidagi beshinchi Olimpiada bo'lib, u bugun Olimpiya o'yinlaridagi ikkinchi medalini qo'lga kiritdi. Sportchi Turin-2006 Olimpiadasida kumush medal bilan kifoyalangandi. Oradan 16 yil o'tib, Jekobellis kumushni oltinga aylantira oldi.
Havola :
Manba : olympic.com
Fikrlar