08 fev 13:58
Yangiliklar
Pekin-2022. Avstriyalik Mattias Mayer 24 soat ichida Olimpiadaning ikkinchi medalini qo'lga kiritdi
Bellashuvda avstriyalik Mattias Mayer 1-o'rinni egalladi.
Matias Mayer ikki kun ichida ikkinchi marta shohsupaga ko'tarildi. Dushanba kuni u tog' chang'isining tezkor tushish yo'nalishida bronza medalini qo'lga kiritgan edi va endi u oltin medalga ega chiqdi. Mayerning asosiy raqobatchisi amerikalikRayan Kochran-Sigl bo'ldi. O'smirlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni trassani 1 daqiqa 19,98 soniyada bosib o'tib, g'olibga 0,04 boy berdi.
Mayer uchun bu medal Pekindagi ikkinchisi bo'ldi. U uch karra Olimpiada chempioniga aylandi. Mayer Sochi-2014 Olimpiadasida tezkor tushishda chempion bo'lgan edi. SHuningdek, Pxyonchxan Olimpiadasi ham supergigant bahslarida shohsupaning eng yuqori o'rnidan joy olgan. Xitoyda o'tayotgan Olimpiadada esa u 2 ta medalni qo'lga kiritdi. SHu tariqa Mayer 3 karra qishki Olimpiada chempioni va bitta bronza medal sohibiga aylandi.
Tog' chang'isi. Supergigant
1. Mattias Mayer (Avstriya) - 1.19,94.
2. Rayan Kochran-Sigl (SSHA) +0,04.
3. Aleksander Omodt Kilde (Norvegiya) +0,42.
Fikrlar