08 fev 19:44
Yangiliklar
Pekin-2022. CHang'i poygasi. Yoxannes Klebo to'rt karra Olimpiada chempioni!
Unda norvegiyalik Yoxannes Klebo g'alaba qozondi. 25 yoshli sportchi faoliyatida to'rtinchi bor Olimpiada chempionligini tantana qilmoqda. U Pxyonchxan Olimpiadasida 3 ta yo'nalishda oltin medalni qo'lga kiritgan. Ikkinchi o'rinni italiyalik Federiko Pellegrino egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin rossiyalik Aleksandr Terentevga nasib etdi.
Federiko Pellegrino uchun bugungi kumush medal faoliyatidagi ikkinchisi bo'ldi. U 2018 yilgi Pxyonchxan Olimpiadasida ham shohsupaning ikkinchi o'rnidan joy olgan edi. Rossiyalik Aleksandr Terentev esa ilk bor Olimpiada medalini qo'lga kiritdi.
CHang'i poygasi. Sprint, erkin dastur
1. Yoxannes Klebo (Norvegiya) – 2.58,06
2. Federiko Pellegrino (Italiya) – 0,26
3. Aleksandr Terentev (Rossiya) – 1,31
Fikrlar