09 fev 18:01
Yangiliklar
Pekin-2022. Vincenc Gayger chang'i ikkikurashida fantastik g'alabani qo'lga kiritib, Olimpiada chempioni bo'ldi
Germaniyalik chang'ichi Vincenc Gayger chang'i ikkikurashi bo'yicha Olimpiada chempioni bo'ldi. Qizig'i, Gayger ushbu bahsning birinchi yo'nalishi (tramplindan sakrash)dan so'ng 11-o'rinni egallab turgan edi. Ammo biroz avval yakunlangan chang'i poygasida u ajoyib harakat qildi va yakunda oltin melalga ega chiqdi. Ikkinchi pog'onani norvegiyalik Yorgen Graabak egallagan bo'lsa, uchinchi o'rinni avstriyalik Lukas Grayderer qo'lga kiritdi.
Vincenc Gayger uchun bu Olimpiya o'yinlaridagi ikkinchi oltin medal hisoblanadi. U Pxyonchxanda o'tkazilgan Olimpiadada estafeta bahslarida chempionlikni qo'lga kiritgan edi.
CHang'i ikkikurashi. Olimpiya o'yinlari. Pekin. Tramplin HS-106 + poyga 10 km
1. Vincenc Gayger (Germaniya) — 25.07,7.
2. Yorgen Graabak (Norvegiya) +0,8.
3. Lukas Grayderer (Avstriya) +6,6...
Fikrlar