14 sen 13:45
Yangiliklar
Pep "Siti"ning 115 ta qoidabuzarligi haqida: "Butun APL bizni jazolashlarini xohlayapti"
Tebas "Manchester Siti"ning 115 ta qoidabuzarligi haqida quyidagi gaplarni aytgan edi: "APLning ko'plab klublari "shaharliklar"ni jazolash kerak deb hisoblaydi. Ammo "Siti" bir marta CAS tomonidan oqlangan edi".
"Tebas haq bo'lishi mumkin. Premer-liganing barcha jamoalari bizni jazolanishimizni xohlayapti. LaLiga rahbarining so'zlariga birinchi va oxirgi marta qo'shilaman. Ammo zamonaviy demokratiyada adolat bor - shunday ekan, qarorning kuting.
Biz yomon ish qildik deb o'ylamayman. Biz mustaqil komissiyaga yuzlandik va javobni kutamiz" - dedi "Manchester Siti" ustozi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" 2009/10 mavsumdan 2017/18 mavsumgacha bo'lgan davrda 115 ta moliyaviy qoidabuzarlikda ayblanayotgan edi. Ushbu ish bo'yicha yakuniy qaror 2025 yilning martida elon qilinishi mumkin.
Fikrlar