27 noy 12:14
Yangiliklar
Futbol
Pereyra Adesanya bilan jarohati bor holatda jang qilgani aniq bo'ldi
UFCning o'rta vazn toifasidagi chempioni Aleks Pereyra Adesanya bilan jangga to'laligicha tayyorgarlik ko'ra olmaganini aytdi.
"Menda jang uchun kerakli tayyorgarlik bo'lmadi, bundanda yaxshiroq jang qilishim mumkin edi. Ammo men g'alaba qozondim va chempion bo'ldim. Odamlar xech narsani bilmay turlicha gaplarni gapiraveradilar. To'pig'imda jarohat bor edi. Kelasi jangimga yaxshiroq tayyorlanaman deb o'ylayman.
Kim raqib bo'lishining farqi yo'q, Adesanyami yoki boshqasimi. Ammo agar u haqiqatdan ham buni istasa... Israel revanshga loyiq. Bizda juda yaxshi jang bo'ldi va u meni mag'lub eta olishiga ishonadi", - dedi Pereyra.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar