15 iyu 18:16
Yangiliklar
Futbol

Perishich "Barselona"ga o'tish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor
Ivan Perishich "Barselona"dan taklif kutmoqda.
Xorvatiyalik futbolchi Kataloniya klubiga o'tish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.
Takidlanishicha, klub ustozi Xans-Diter Flik Perishichni klubga olib kelish tarafdori hisoblanadi.
Avvalroq, PSV futbolchiga yangi ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
36 yoshli futbolchi hali ham eng yuqori darajada o'ynash istagida va 2026 yilgi jahon chempionati oldidan o'z formasini saqlab qolishga qatiy qaror qilgan.
Perishich Niderlandiya chempionatining o'tgan mavsumida 27 ta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : mundodeportivo.com
Fikrlar