So’nggi yangiliklar

10:10Икки нафар Ўзбекистон чемпиони АҚШда машғулот ўтказаётган Муроджон Аҳмадалиев ва Бектемир Мелиқўзиев сафига қўшилди (ФОТО) 0 09:37АПЛ. "Манчестер Сити" "Фулхэм"ни йирик ҳисобда таслим этди. Ҳусанов иккинчи бўлимда майдонга туширилди 0 09:14Ризван Куниев атиги иккита жангдан сўнг UFC рейтингига киритилиб, олтинчи ўринга жойлаштирилди 0 08:35Пара таэквондо: халқаро мусобақалар учун тайёргарлик жараёнлари бошланди 0 08:12Иқболжон Холдаров кейинги жанги, проф боксдаги фаолияти, Ҳавасбек Асадуллаев билан рақобат ҳамда боксда "танка" муҳимлиги ҳақида фикр билдирди (ФОТО) 0 07:30ОЧЛ 2. Туркманистонга юлдузларсиз борган "Ал Насср" "Аркадағ"ни мағлубиятга учратди 0 19:24Номаълум шахслар қишки Олимпиада пайтида Исроил бобслей жамоасини талон-тарож қилишди 0 18:57Лайма Владсон W35 Анталия турнирининг илк босқичида рейтингда ўзидан қарийб 500 поғона юқоридаги теннисчини мағлуб этди 0 18:25Том Аспиналл иккинчи марта кўз операциясини ўтказди 0 17:58"Манчестер Сити" ҳимоячиси ва ярим ҳимоячиси "Эвертон"га ўтиши мумкиин 0 17:32Mangu 1 турнирининг энг яхши жанги учун ажратилган бонуси соҳиблари маълум бўлди (ФОТО) 0 16:53Қосимхожиев ва Осипова Жаҳон рейтингида пешқадамлик қилишмоқда 0 16:27Ҳамюртимиз WBA Asia камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 16:00Ҳожиакбар Алижонов "Пахтакор"да қолди: Янги шартнома 2027 йил якунигача 0 15:21Нодирбек Абдусатторов Grenke Open ғолиблиги учун баҳс олиб боради 0

29 jan 08:42
Yangiliklar

Futbol

Petr Segrt: "O'tkazib yuborilgan goldan keyin futbolchilarga taslim bo'lishga haqqimiz yo'qligini tushuntirdim"

Osiyo kubogi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan Tojikiston va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasidagi tarixiy o'yindan so'ng tojikistonliklar bosh murabbiyi Petr Segrt va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Vahdat Hanonov matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Vahdat Hanonovning o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- O'yin shunchaki ajoyib bo'ldi. Barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Tojikiston Futbol Federaciyasiga yaratib berilgan barcha sharoit uchun alohida rahmat.. Butun dunyodagi tojik tilida so'zlashuvchi muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman.

Vahdat, Bugun Osiyo kubogidagi ilk golingizni kiritdingiz va emociyalaringizni jilovlay olmadingiz. Ushbu gol haqida gapirsangiz...

- Men bu goldan juda baxtliman. Ushbu golni vafot etgan akamga bag'ishladim. Hozir u oramizda yo'q (yig'lab yuboradi).

- Janob murabbiy, Tojikiston chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Keyingi maqsadingiz nima?

- Raqib bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi. Avvalroq, bizni musobaqa syurprizi bo'ladi deyishgandi. Mana shunday ham bo'lmoqda. Bugun jang qildik. Uchrashuv so'ngida gol o'tkazish oson bo'lgani yo'q, ammo yakunda barchasi yaxshi yakunlandi. Yatimov men uchun eng zo'r o'yinchi. U bugun shunchaki super harakat qildi. Kecha biz penaltilar seriyasiga tayyorlangandik. SHu bilan birga, omad ham bugun biz tomonda bo'ldi. Buni alohida takidlab o'tish joiz. Bunday g'alabadan so'ng tojikistonlik birorta inson uxlamaydi. Biz esa yangi orzularga erishishda davom etamiz.

- So'nggi daqiqalarda gol o'tkazish oson bo'lmagani haqida gapirdingiz. Ushbu goldan keyin jamoaning kayfiyati qanday edi?

- O'sha vaziyatda barchaning kayfiyati tushib ketgandi, ahvol yomon edi. Biroq, futbolchilarga taslim bo'lishga haqqimiz yo'qligini tushuntirdim. Biz jangovarlik va g'alaba ruhini ko'rsatdik. Tojikiston terma jamoasi, murabbiylar va umuman mamlakatdagi insonlarning tabiati shunday.

- Tojikistonning Osiyo kubogidagi o'yinlari 2016 yilgi Evropa chempionatidagi Islandiya termasini eslatmoqda. Omadingizning sababi nimada?

- Bu bizning xarakter. Xorvatiyalik sifatida penaltilar seriyasiga qanday tayyorlanishni yaxshi bilardim. Marokash terma jamoasi ham oxirgi Jahon chempionatida hamma narsaning iloji borligini ko'rsatdi. Jamoada garmoniyani taminlay oladigan inson haqiqiy murabbiy hisoblanadi. Bizning jamoada yakdillik va garmoniya bor.

- 20 yil oldin Greciya Evropa chempionatini yutgan. Siz ham Osiyo kubogida g'olib bo'lish haqida o'ylab ko'rdingizmi?

- Biz o'z orzumiz sari harakat qilamiz. Hozirgi maqsadimiz keyingi o'yinni yutish. Orzu qilish yaxshi, lekin vaziyatga real qaragan maqul. Albatta, yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

- Sizdagi bu energiya va kuchli xarizmaning sababi nimada?

- Bilasizmi, men juda qiyin hayotni boshdan kechirganman. Yoshligimdan barchani hurmat qilishga odatlanganman. Hech qachon aslida qaerdan chiqqanimni unutmayman. Matbuot anjumanlarida barcha bilan ko'rishganim shov-shuv bo'lib ketdi, ammo men bu ishni 28 yildan beri bajarib kelardim. Mag'lub bo'lsam, meni tanqid qilishingiz mumkin. Bu ishimizning bir qismi.

- Bundan bir qancha vaqt ilgari Tojikiston futbol federaciyasi bilan kelisholmay qolganingiz va ular sizni istefoga chiqarmoqchi bo'lishgani qulog'imizga chalindi. Bugun esa siz terma jamoa bilan tarix yaratdingiz. Terma bilan shartnomangiz Osiyo kubogidan so'ng yakunlanadi. Keyingi rejalaringiz qanday?

- Federaciya bilan aloqamiz hozir juda yaxshi. Bazida tushunmovchiliklar bo'lib turadi. Men juda kuchli xarakterga egaman. Ha, Osiyo kubogidan so'ng shartnomam o'z nihoyasiga etadi. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Agarda menda bir nechta takliflar bo'lsa, Tojikistonni birinchi o'ringa qo'yaman.

- Janob Segrt, bugun juda ko'p o'zbekistonlik muxlislar Tojikiston termasiga muxlislik qilishdi. Siz ham ertaga O'zbekistonni stadiondan turib qo'llab-quvvatlaysizmi?

- Dastlab, hamma jamoalarning o'yiniga bormoqchi edim. Biroq, ertaga bo'lajak raqibimizni aniqlab beradigan o'yin bor. Aynan ushbu uchrashuvni tomosha qilaman. Raqibni o'rganish eng muhimi, albatta. O'zbekistonga esa albatta muxlislik qilamiz. Bugunning o'zida O'zbekistondan 20ga yaqin xat oldim. Mamlakatingiz juda ajoyib.

- Janob murabbiy, yangi ko'zoynaklaringiz sizga yarashibdi...

- Bu ko'zoynakni olib berganlarga rahmat. Bugun ham o'yindan keyin aqldan ozgan futbolchilarim men tomon yugurishni boshlashdi. SHu zahoti ko'zoynaklarni asrashga harakat qildim (kuladi).

- Tasavvur qilaylik, o'zaro o'xshash tilda so'zlashuvchi Eron va Tojikiston termalari finalda o'zaro to'qnash kelishdi...

- To'g'risini aytsam, Eron boshqa darajadagi jamoa. Ularda imkoniyat juda zo'r. Eronliklarning mentalitetini tojikistonliklar bilan solishtirib bo'lmaydi. Orada farq bor. Ayni damda bunday narsalar haqida o'ylamayapman. Hozir faqat keyingi o'yin haqida o'ylayapman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing