20 iyu 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Petr Yan: "Menga katta mashhurlik kerak emas"
UFCning ikkinchi engil vazn toifasidagi chempioni Petr Yan OAV va muxlislar diqqat-markazida bo'lishni istamaydi.
"Endi biroz bo'sh vaqt paydo bo'ldi. Endilikda jang, raqib, kamar va bo'yningda turgan masuliyat haqida o'ylash shart emas.
Dam olyapman va o'z ishimni ajoyib tarzda bajarganimni bilaman. Jurnalistlar menga ko'p savol berishadi, lekin doim ulardan qochishga urinaman.
UFCdagi yo'lim boshlanayotgan vaqtda men bilan birga bo'lganlar uchun vaqt ajratishga harakat qilaman. Qolganlar bilan muloqot qilish istagim yo'q.
Menga katta mashhurlik kerak emas, bunga harakat qilmayman", - dedi Yan.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar