12 mar 18:05
Yangiliklar
Pochettino "Real"da? AQSH terma jamoasi murabbiyi mish-mishlarga javob berdi
Bu safar muhokamalar markazida AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bo'ldi. OAV uni "qirollik klubi" bilan bog'lamoqda.
Avvalroq "Real" rahbariyati argentinalik mutaxassisni jamoa bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlardan biri sifatida ko'rib chiqishi mumkinligi haqida malumotlar chiqqandi. Pochettinoning o'zi esa bu mish-mishlarga ancha ehtiyotkorona munosabat bildirdi.
"Real" tomonidan qiziqish menga ilhom berdimi? Har narsaning o'z vaqti bor. Futbol biz xohlagan joyga emas, o'zi xohlagan joyga olib boradi", – dedi murabbiy.
Maurisio Pochettino AQSH terma jamoasi boshqaruviga 2024 yilda kelgan. Uning milliy jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyuligacha mo'ljallangan.
Fikrlar