21 iyu 18:27
Yangiliklar
Futbol

Pogba: "Reshfordning "Barselona"ga o'tishi – aqlsizlik"
"Monako" futbolchisi va "Manchester Yunayted" sobiq azosi Pol Pogba Markus Reshfordning "Barselona"ga o'tishiga baho berdi.
Yakshanba kuni Reshford transferni yakunlash uchun Ispaniyaga uchib ketgani malum bo'ldi. "Marca" xabariga ko'ra, 27 yoshli angliyalik futbolchining narxi 30 million evroga baholanmoqda.
"Bu aqlsizlik, lekin men u uchun xursandman. "Manchester Yunayted" ajoyib o'yinchini yo'qotmoqda. Ular bu borada omadsiz. Bu "Barselona" uchun yaxshi.
"Yunayted" esa bir nechta yangi o'yinchilarni sotib oldi va ular o'z ishlarini bajarishadi. MYU g'alaba qozonishi kerak. Agar murabbiy g'alabaga erishmasa, ishdan bo'shatiladi", – dedi Pogba.
Reshford 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida "Aston Villa"da o'tkazdi va 17 o'yinda 4 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
Havola :
Manba : Goal.com
Fikrlar