08 mar 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Pol Malinyaji qo'lqopsiz janglarda debyut qiladi
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Pol Malinyaji o'zini qo'lqopsiz o'tkaziladigan janglarda sinab ko'radi.
Pol Bare Knuckle Fighting Championship (BKFC) kompaniyasi bilan ikki yillik eksklyuziv shartnoma imzoladi. Xabarda aytilishicha, Malinyajining debyuti iyun oyida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Pol Malinyaji bokschining faoliyatini ikki yil avval, 2017 yilning mart oyida yakunlagan edi. O'shanda u Sem Eggingtonga nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi. Pol so'nggi bor chempionlik kamarini 2014 yilda himoya qilgan va to'rtinchi raundda SHon Porterga texnik nokaut evaziga yutqazgandi.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar