20 jan 17:17
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova ertaga Avstraliya ochiq chempionatidagi ikkinchi o'yinini o'tkazadi. Raqib dunyo reytingining kuchli 15 taligidan joy olgan
Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yilning dastlabki turniri o'tkazilmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Polina Kudermetova ertaga ikkinchi davra doirasida kortga chiqadi. Unga daniyalik 23 yoshli Klara Tauson raqiblik qiladi.
O'yin Toshkent vaqti bilan tonggi 7:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Malumot uchun, 22 yashar Polina ayni damda WTA reytingida 150-o'rinni band etib turibdi. U Avstraliya ochiq chempionatining dastlabki davrasida Ispaniya vakilasi Giomar Maristanidan ustun kelgandi. Dunyoning 14-raqamli raketkasi bo'lmish Klara Tauson esa birinchi bosqichda vengriyalik Dalma Galfini mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar