11 noy 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Polshalik bokschi WBO chempionlik kamarini qo'lga kiritdi
AQSHning CHikago shahrida Butunjahon boks superseriyasi (WBSS) chorak finalidan o'rin olgan jang bo'lib o'tdi.
Ushbu jang birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda 32 yoshli sobiq WBO yo'nalishi chempioni polshalik Kshishtof Glovackiy Maksim Vlasovga qarshi ringga ko'tarildi.
Jangning uchinchi raundida Vlasov nokdaun holatiga tushib qoldi. O'n ikki raundlik jang yakunida Glovackiy 118-110, 117-110, 115-112 hisobida g'alaba qozonib, vaqtinchalik WBO chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar