So’nggi yangiliklar

11:13Пролига. Бугун 1-тур якунланади 0 10:52UFC Қозоғистонга шу йилнинг ўзидаёқ кирмоқчи 0 10:31Осиё чемпионати: Ботиров ва Цицуашвили олтин учун гиламга чиқади, яна уч курашчимизда бронза медали учун имкон бор 0 10:10Азизбек Темиров жанг қиладиган RIZIN турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 09:49Sofascore. "Башакшеҳир" дуранг ўйнади. Шомуродов неча баҳо олди? 0 09:28Эркебулан Токтар жангни сотгани ҳақидаги гап-cўзларга жавоб қайтарди 0 09:00Полина Кудерметова Мадридда муваффақиятли старт олди 0 08:32Осиё чемпионати. Бугун 6 нафар ўзбекистонлик боксчи ярим финалда рингга кўтарилади 0 08:07Суперлига. Бугун 6-турга старт берилади 0 00:14Муҳаммадзоҳид Суяров — Grenke Chess Open 2026 чемпионига айланди! 0 19:20Икки нафар боксчимиз Осиё чемпионати финалида, яна икки нафарида бронза 0 18:50Тимофеева Австрия турнири саралаши финалида кортга чиқди 0 18:26Нейт Диасга Конор Макгрегор билан жанг таклиф қилинди(ми?) 0 18:01Абдуқодир Ҳусанов: "Пеп Гвардиоладан жуда миннатдорман" 0 17:39"Махачев кучлими ёки Нурмагомедов?" - Царукян жавоб берди 0

08 sen 08:13
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarimiz MDH o'yinlarida koresh bo'yicha 9 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO

Teglar :  MDH o'yinlariKurash
SHu kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida birinchi MDH o'yinlari bo'lib o'tmoqda.

Musobaqa dasturidan Tatariston kurash sport turi, yani koresh ham o'rin olgan bo'lib, ushbu bellashuvlarda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasi tomonidan 10 nafar sportchilarimiz Nosir Azizov bosh murabbiyligida ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, terma jamoamiz azolaridan 4 nafari kumush, 5 nafari bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli uchinchi o'rinni egallashga muaffaq bo'lishdi. 

Biroq, terma jamoa bosh murabbiyi Nosir Azizovning takidlashicha, natijalar bundan ham yuqori bo'lishi mumkin ekan. Boisi, 70 kg.da Manguberdi Imyanov hamda 75 kg vazn toifasi finalida kurashgan Husan Abduhakimovning rossiyalik raqiblariga nisbatan yaqqol ustunlikka erishgan, ammo musobaqa hakamlari tomonidan sportchilarimizning natijalari etiborga olinmagan. SHu tariqa har ikkala sportchimiz kumush medallar bilan cheklangan.

Birinchi MDH o'yinlarining koresh musobaqasida medallarga ega bo'lgan polvonlarimiz:

Kumush medal sohiblari:

70 kg. Manguberdi Imyanov

75 kg. Husan Abduhakimov

100 kg. Uchqunjon Xursandov

Mutloq vazn. Ilyosbek Obidjonov

Bronza medali sohiblari

65 kg. Abdurahmon Egamov

80 kg. Muhammadkarim Karimov

85 kg. Akmaljon Hakimov

90 kg. Umidjon Jalilov

120 kg. Asadbek Zokirov 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing