12 sen 20:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Porening Xabibga qarshi jangdagi futbolkasi aukcionda sotildi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni amerikalik Dastin Porening chempion Xabib Nurmagomedovga qarshi kechgan jangidagi futbolkasi kimoshdi savdosida sotildi.
Bu haqda Xabibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov xabar berdi. 7 sentyabr kungi jangdan so'ng Nurmagomedov va Pore futbolkalarini o'zaro almashishgan edi. Xabib matbuot anjumanida Porening futbolkasini aukcionda sotishi va undan tushgan pulni aynan Dastinning xayriya yo'lidagi loyihalariga sarflashini aytgan edi.
"Dastin Porening futbolkasi kimshodi savdosida juda qimmatga sotildi", - deya o'z Instagram sahifasida xabar qoldirgan Abdulmanap Nurmagomedov.
SHu bilan bir qatorda Porening The Good Fight xayriya jamg'armasi ham 25 000 dollar ishlab topgan. Barcha pullar xayriya ishlariga sarflanadi.
Havola :
Fikrlar