28 noy 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Portiloni nokautga uchratgan Troyanovskiy WBA kamari uchun davogarga aylandi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangi birinchi yarim o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda WBA chempionlik kamari uchun rasmiy davogar aniqlandi. Rossiyalik Eduard Troyanovskiy (27-1, 24 KO) va paragvaylik Karlos Manuel Portilo (21-1, 16 KO) o'zaro jangda davogar nomiga oydinlik kiritishdi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang muddatidan ancha avval yakunlandi. Troyanovskiy birinchi raunddayoq okean ortidan kelgan raqibini nokautga uchratib, chempionlik jangida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar