05 noy 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Postol - Ramires jangining qachon va qaerda o'tkazilishi malum
Birinchi yarim o'rta vaznda WBC va WBO chempioni Xose Karlos Ramires o'z kamarlarini ukrainalik Viktor Postoldan himoya qiladi.
Tomonlar chempionlik jangining o'tkazilishi yuzasidan kelishib olishdi. ESPN sharhlovchisi Den Rafaelning aytishicha, Ramires - Postol jangi 1 fevral kuni o'tkaziladi.
Lekin jang avval xabar berilganidek AQSHda emas, balki Xitoyning Xaynan provinciyasi Xaykou shahridagi Mission Hills Haikou arenasida bo'lib o'tadi. CHempionlik jangini ESPN striming platformasi translyaciya qiladi. Gonorarlar chempion foydasiga 70 ga 30 ko'rinishida taqsimlanadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar