06 noy 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22089_220.jpg)
Povetkin chempionlar - Uaylder va Joshuani ringga chorladi
Rossiyalik sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin keyingi jangini superog'ir vazn toifasi chempionlari - Deontey Uaylder va Entoni Joshuaning biriga qarshi o'tkazish istagida ekanini malum qildi.
Povetkinning so'zlariga qaraganda, har ikki jahon chempioni ham kuchli zarbaga ega va bo'lajak jang muxlislar uchun ham sovg'a bo'lardi.
“Uaylder va Joshua kuchli zarbaga ega bokschilar. Agar
promouterlarimiz kelisha olsa, bu muxlislar uchun ham ajoyib bo'lardi”, - dedi Povetkin.
Malumot uchun, rossiyalik bokschi keyingi jangini 15
dekabr kuni ruminiyalik Kristian Xammerga qarshi o'tkazadi. Avvalroq, Joshua -
Povetkin jangi kelasi yilning bahor oylarida o'tkazilishi mumkinligi xabar
qilingandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar