30 mar 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin Dillian Uaytga qarshi ringga chiqishga tayyor!
Rossiyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Povetkin britaniyalik Dillian Uaytga qarshi ringga chiqishga tayyor ekanligini malum qildi.
Bu malumotni "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi menejeri Vadim Kornilov ham tasdiqladi. Ushbu jangning iyul oyida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
"Biz uchun asosiy maqsad - Dillian Uayt bilan jang o'tkazish. Britaniyalik bokschi bir necha marotaba Povetkinga qarshi ringga chiqish istagini bildirgandi. Biz barcha shartlarga rozimiz. Hamma gap Uaytning o'zida qoldi. Lekin ikki haftadan beri u javobni aytmayapti", - dedi Kornilov.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar