08 fev 08:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin IBF reytingidan ham chiqariladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin IBF yo'nalishi reytingidan ham chiqariladi.
Rossiyalik bokschining doping-test tahlili ijobiy natija bergan edi. Buning natijasida WBC tashkiloti bokschini o'z reytingidan chiqargandi. Endi IBF yo'nalishi ham Povetkinni o'z reytingidan olib tashlaydi.
“Biz Aleksandr Povetkinni IBF yo'nalishi reytingidan olib tashlaymiz”, – dedi IBF tashkiloti prezidenti Derril Piplz.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar