25 dek 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin jarrohlik stoliga yotdi
Superog'ir vazn toifasi vakili Aleksandr Povetkin jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi.
Bokschining menejeri Dmitriy Ivanovning xabar berishicha, Povetkinning har ikkala qo'l tirsagi operaciya qilingan va u yanvar oyining oxirlaridan mashg'ulotga qaytadi.
Povetkin o'zining navbatdagi jangini rejalashtirilganidek, aprel oyida o'tkazadi. O'sha oqshomning markaziy jangida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua ringga ko'tariladi. Povetkin aynan Joshuaga imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar