30 iyu 09:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Povetkin Lomachenko bilan bir oqshomda jang qilishga yaqin
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin navbatdagi jangini Londonda o'tkazishi mumkin.
Rossiyalik bokschi 31 avgust kuni Angliyaning London shahrida tashkil etiladigan boks oqshomining markaziy jangi oldidan ringga ko'tariladi. Markaziy jang ikki yo'nalish chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko hamda britaniyalik Lyuk Kempbell o'rtasida bo'lib o'tadi. G'olib bokschi bir yo'la uchta chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.
Povetkinning Londondagi boks kechasida jang o'tkazishi mumkinligini "Mir boksa" promouterlik kompaniyasi rahbari Vadim Kornilov ham tasdiqladi. Aleksandr so'nggi bor 2018 yilning sentyabrida ringga chiqib, Entoni Joshuaga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Fikrlar