27 iyu 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin - Uayt jangining rasmiy posteri elon qilindi + FOTO
Superog'ir vazn toifasida kutilayotgan janglardan birining rasmiy posteri elon qilindi.
Xabar berganimizdek, 22 avgust kuni rossiyalik Aleksandr Povetkin hamda britaniyalik Dillian Uayt o'rtasida jang bo'lib o'tadi. Ushbu jang taniqli promouter Eddi Xirnning bog'ida o'tkaziladi. Jang o'tkaziluvchi joyga "Janglar bog'i" deb nom berilgan.
Malumot uchun, 40 yoshli Povetkin so'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida Maykl Xanterga qarshi o'tkazib, durang qayd etgan edi. Sasha jami 38 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 35 tasida g'alaba qozongan. Raqiblarini 24 ta jangda nokautga uchratgan. Hisobida ikki mag'lubiyat va bir durang bor. 32 yoshli Uayt esa prof ringda 28 ta jang o'tkazgan. 27 ta jangda g'alaba (18 nokaut) qozongan va bir bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar