08 okt 14:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin va Stivern ham kelishib olishdi, jang WBC kamari uchun bo'ladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasi vakillari - rossiyalik Aleksandr Povetkin hamda Bermeyn Stivern o'zaro jang o'tkazish bo'yicha kelishib olishdi.
Jang Rossiyada bo'lib o'tadi. Bokschilar vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilishadi. Ushbu yo'nalishda amaldagi WBC chempioni amerikalik engilmas Deontey Uaylder xisoblanadi.
Bu bokschi Kris Arreolaga qarshi kechgan jang jarohat olgan edi. Uaylder bu jarohati natijasida jarrohlik stoliga ham yotgandi. Deontey joriy yil xisobidan boshqa jang o'tkaza olmaydi.
Havola :
Fikrlar