08 mar 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin va Usik 18 may kuni bitta shouda jang o'tkazadimi?
Rossiyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Povetkin hamda birinchi og'ir vaznda mutloq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik o'rtasidagi jang yaqin orada o'tkazilmaydigan ko'rinadi.
Hozirda taniqli promouter Eddi Xirn bu ikki bokschi o'z janglarini 18 may kuni AQSHdagi boks kechasida o'tkazishlarini istayapti. Bu holatda Povetkin amerikalik Maykl Xanter, Usik esa superog'ir vazndagi debyut jangida Karlos Takamga qarshi ringga ko'tariladi.
“Biz avvaliga bu ikki bokschining bitta oqshomda jang o'tkazishlarini taminlaymiz. Keyin esa ular bir-birlariga qarshi ringga chiqishadi. Agar hammasi reja asosida davom etsa, 18 may kuni AQSHda Povetkin - Xanter, Usik - Takam janglarini tashkil qilamiz”, - dedi Xirn.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar