15 mar 11:29
Yangiliklar

Povetkin WBC reytingida ko'tarilib oldi
Superog'ir vazn toifasi reytingining yuqori qismida ayrim o'zgarishlar kuzatildi. Rossiyalik sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin o'tgan reytingdagi o'rniga nisbatan bir pog'onaga yuqorilab, 9-o'ringa joylashdi.
Bu vaznda to'laqonli WBC chempioni Tayson Fyuri, vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi esa yana britaniyalik bokschi Dillian Uayt bo'lib turibdi. Sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder reytingda birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Aleksandr Usik va Oskar Rivas yakun yasagan.
Eslatib ztamiz, Povetkin o'zining navbatdagi jangini 2 may kuni Angliyaning Manchester shahrida britaniyalik Dillian Uaytga qarshi o'tkazadi. Jang Uaytga tegishli vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi.
Fikrlar