06 dek 11:15
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/24126_220.jpg)
Povetkin - Xammer jangi g'olibi Joshua bilan jang qilishi mumkin
Taniqli promouter Eddi Xirn rossiyalik Aleksandr Povetkin hamda Kristian Xammer o'rtasidagi jang g'olibi IBF, IBO va WBA yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaga qarshi ringga ko'tarilishi mumkinligini aytdi.
“Men yaqin kunlarda Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradigan WBA tashkiloti prezidenti Xilberto Mendosa bilan uchrashaman. SHu kungacha Joshuaning chempionlik kamariga Luis Ortis davogar edi. Lekin bu bokschi diskvalifikaciyaga uchradi.
Endi uning o'rniga yangi davogarni elon qilish kerak. Aynan Aleksandr Povetkin va Kristian Xammer o'rtasidagi jang g'olibi Joshuaning chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylanishi lozim”, - dedi Xirn Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Povetkin - Xammer jangi 15 dekabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar