01 noy 16:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/93542_220.jpg)
Povetkin - Xanter jangi Ruis - Joshua revanshining anderkard jangi sifatida tasdiqlandi
Superog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan meksikalik Endi Ruis hamda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o'rtasidagi boks oqshomining anderkard jangi rasman tasdiqlandi.
Xabaringiz bor, Entoni Joshua - Endi Ruis revansh jangi 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Ushbu katta boks oqshomining bosh anderkard jangi ham superog'ir vaznda tashkil etiladi.
Unda amerikalik Maykl Xanter sobiq jahon chempioni, rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi ringga ko'tariladi. Saudiyadagi boks kechasida shuningdek, Filip Xrgovich - Erik Molina hamda Skott Kvigg - Jono Kerroll janglari ham tashkil etiladi.
Havola :
Fikrlar