17 dek 16:29
Yangiliklar

Povetkinda yana doping topildi, Stivern bilan jang bekor qilindi
Butunjahon antidoping associaciyasi bu malumotni rasman tasdiqladi. SHu yilning 6 dekabr kuni Povetkindan olingan taxlil ijobiy natija bergan. Uning qonida taqiqlangan preparat – Ostarin moddasi borligi aniqlandi.
Tabiiyki, WBC tashkiloti rossiyalik
bokschiga bugun kechqurun Ekaterinburg shahrida Bermeyn Stivernga qarshi
o'tkaziladigan chempionlik jangini bekor qildi.
“Povetkin diskvalifikaciya qilinadi. Stivernning jamoasi bizni bugungi jangda ishtirok etmasligi bo'yicha ogohlantirdi”, – dedi WBC tashkiloti prezidenti Xose Sulaymon.
Ostarin – SARM guruhiga mansub dori vositasi bo'lib, mashg'ulotlarda chidamlilikni oshirish uchun qabul qilinadi.
Eslatib o'tamiz, bu Povetkin bilan bog'liq ikkinchi holat bo'ldi. SHu yilning bahorida Deontey Uaylderga qarshi o'tkazilishi kerak bo'lgan jangi oldidan uning qon tarkibida Meldoniy moddasi aniqlangandi.
Fikrlar