02 fev 15:45
Yangiliklar

Povetkinning doping-tahlil natijasi elon qilindi
AQSHning Los-Anjeles shahri laboratoriyasida o'tkazilgan tahlil natijalari ijobiy chiqdi. Endi Povetkin uzoq muddatga katta boksdan chetlatiladi.
Bu malumotni rossiyalik bokschining vakili, “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy ham tasdiqladi. Povetkinning qon tarkibidan taqiqlangan ostarin moddasi borligi aniqlangan.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Povetkin o'tgan yilning dekabrida kanadalik Bermeyn Stiverga qarshi vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun jang qilishi lozim edi.
Lekin jang kuni ertalab WBC prezidenti Maurisio Suleyman rossiyalik bokschidan 6 dekabr kuni olingan doping-tahlil ijobiy natija berganligini aytib, chempionlik jangini bekor qilgandi.
Fikrlar