25 iyu 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkinning jang manzili o'zgardi, u Jiddada ringga chiqmaydi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin 12 iyul kuni Jidda shahrida jang qilmaydi.
Bu bu haqida taniqli promouter Eddi Xirn xabar berdi. Britaniyalik promouterning aytishicha, rossiyalik bokschi 27 iyul kuni AQSHda ringga ko'tariladi. Ushbu jang Povetkin uchun okean ortida o'tkazadigan debyut jangi bo'ladi.
SHuningdek, shu kuni yana bir rossiyalik sobiq jahon chempioni Murat Gassiev ham superog'ir vaznda debyut qiladi.
Malumot uchun, Povetkin va Gassiev boks oqshomining markaziy jangida amerikalik engilmas bokschilar - Moris Xuker hamda Xose Karlos Ramires ringga ko'tariladi. Bu jang birinchi yarim o'rta vazn toifasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi maqomiga ega bo'ladi.
Havola :
Fikrlar