11 iyu 20:28
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/76072_220.jpg)
Povetkinning jang sanasi va manzili malum qilindi
Rossiyalik superog'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkinning navbatdagi jang sanasi va manzili malum qilindi.
Bu haqida bokschining menejeri Vadim Kornilov xabar berdi.
"Agar iyul oyining oxirigacha raqib topa olmasak, u holda jang avgustda o'tkaziladi. Sashaning jangi aniq Angliyada o'tkaziladi", - deya Kornilovning so'zidan iqtibos keltirmoqda Tass.ru.
Eslatib o'tamiz, aslida Povetkinning jangi 12 iyul kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkazilishi kerak edi. Lekin shartnomadagi kelishuv bandlari bajarilmagani bois, Povetkinning jamoasi Jiddada jang qilmaslikni lozim topgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar